Приветствую Вас Mehmon | RSS


Статистика
Онлайн всего: 3
Гостей: 3
Пользователей: 0
Реклама

23:40:18
Shoxrux Rep bilan intervyu


Shoxrux Rep bilan intervyu
Negadir Shohrux haqida gap ketganda, hech bir odam u to'g'risida to'liq, ochiq va aniq gapirolmaydi. Bunga uning o'ziga xos, boshqalardan farqli fe'l-atvori sabab. G'ayotda sirli, kamgap, san'atda esa o'z yo'nalishi hamda yo'liga ega bo'lgan xonanda. Boshqa san'atkorlar kabi muntazam yangi qo'shiq va kliplarni muxlislariga taqdim etmasa-da, u o'z mashhurligini yo'qotmagandek, nazarimda. Talab va takliflarni inobatga olgan holda, Shohrux bilan uchrashishga qaror qildik. Chunki xonanda anchadan buyon hech bir gazetaga intervyu bermayapti. Balki xonandaning muxlislariga aytar gapi bordir…

— Shohrux, siz bilan yana ko'rishib turganimizdan xursandmiz! Muxlislaringiz sizni sog'inishgan, ijod va hayotingizda sodir bo'layotgan yangiliklardan xabardor bo'lishni istashlari esa tabiiy. Keling, suhbatimizni faoliyatingizdagi yangiliklar bilan boshlasak. O'zingizning shaxsiy studiyangizni ochdingiz, rahbarsiz...

— Men ham muxlislarim bilan aynan sizlarning gazetangiz orqali g'oyibona ko'rishayotganimdan juda xursandman. Fursatdan foydalanib, ularni sog'inganimni aytib o'tmoqchi edim. To'g'ri, bugungi kunda xonandalik bilan bir qatorda rahbarlik vazifasini ham bajaryapman. Studiyamning nomi "ILOOMINA MEDIA”. Studiyam video va foto ishlarni amalga oshirish uchun mo'ljallangan. Ya'ni, xodimlarimiz bilan turli reklama roliklari, video rolik va klip, fotosessiyalarni amalga oshiramiz.

— Demak, ma'lum bir vaqt bejizga san'atda ko'rinmay qolgan ekansiz-da?

— To'g'ri, hozir ishlarim ko'p. Masalan, hozir ham deyarli san'atda emasman, desam yolg'on bo'lmaydi. Yangi ish boshlaganda, kamchiliklar ko'p bo'ladi. Ularni bartaraf etish uchun esa mendan ko'p vaqt talab qilinadi. Shuning uchun ma'lum bir vaqt studiya ishlari bilan shug'ullanishga majburman. Ammo vaqt bo'lganda, albatta, yangi qo'shiqlarimni muxlislar e'tiboriga havola etayapman. Buni ijodimni kuzatayotgan muxlislar payqagan bo'lishlari kerak.

— Suhbatlaringizni birida to'yga chiqishingiz haqida ham aytgan edingiz. Ayting-chi, o'zbek to'ylarida qaysi qo'shiqlaringizga talab kuchli?

— Ochig'ini aytsam, men faqat tanish-bilish va do'stlarimning to'ylarida qo'shiq kuylayman. Begonalarning to'yiga deyarli umuman bormaganman. To'ylarda talabga qarab, repertuarimdagi qo'shiqlardan kuylayman. To'ylarda falon qo'shig'imni talab qilishadi, deb aniq aytolmayman.

— Repperlar ichida birinchi bo'ldingiz. Hozir ham ashaddiy muxlislaringizni uchratish mumkin. Biroq ma'lum bir pag'onaga erishgandan keyin negadir ijodingizda jim-jitlik kuzatildi. Bunga sabab nimaq

— Bugungi kunda shou-biznesdan ham muhimroq ishlarim ko'p. Ochig'ini aytsam, san'atga, umuman shou-biznesga ajratadigan vaqtim yo'q.

— Siz erishgan repperlik mashhurligingizga boshqalar erisha olmadi. Bu yo'nalishda bugun astoyidil ijod qilayotganlarni uchratish qiyin.

— Boshqa hamkasblarim uchun men javob berolmayman. Balki ularning ko'rinmay qolganiga ham o'ziga yarasha sabablar bordirq! Shuning uchun hamma o'zi uchun javob bergani maq'ul.

— Bilasizmi, sizning san'atdagi kamfaolligingizni hamma turlicha baholadi. Ba'zilar buni oilaviy muammolar, desa, yana kimdir sababini pulga taqadi...

— Kim nima desa desin! Tabiatan birovning oldida nimanidir isbotlab, uni ishontiradigan odatim yo'q.

— Siz ijod boshlagan yillari bu yo'nalish kuchayib, rep yo'nalishi vakillari ko'payib ketgan edi. Bugun esa siz yo'qsiz, boshqalarni ham eshitmayapmiz…

— Nega endiq Men bu fikringizga unchalik ham qo'shilmayman. Boshqalar bor. Faqat ular "Underground”da. Xudo xohlasa, tez kunlarda ularni estrada olamida ko'rasiz. Bugun rep yo'nalishida iqtidorli bolalar juda ko'p. Ular kuylagan qo'shiqlarini mening elektron pochtamga yuborishadi. Mendan ma'lum bir maslahatlar so'rashadi. Aytmoqchimanki, bugungi kunda yosh ijodkorlar bilan hamfikrman, yordamimni ayamayman. Ularning ijodlarini eshitib, faqat birgina xulosaga kelish mumkin. Ya'ni, bugun O'zbekistonda rep yo'nalishi ancha rivojlangan. Yoshlar faqat sevgi yoki yengil mavzularda emas, jiddiy — ota-ona, Vatan mavzularida ham kuylashayapti. Natijalar yaxshi. Men bundan faqat xursand bo'laman.

— Ijodingizni boshlaganingizda san'at xobbingiz edi. Balki bugun bu haqdagi fikrlaringiz o'zgargandirq

— (Kulib). Yo'q, bugun ham san'at eng sevgimli xobbilarimdan biri!

— Balki yaqin kelajakda studiya ishlari yo'lga qo'yib, xonandalikdan voz kechishni rejalashtirgandirsiz?

— (Biroz sukut saqlab). Bilasizmi... Balki san'atni xonanda sifatida tark etarman, balki yo'q. Hozir aniq javob aytishim qiyin.

— Ijodingizni kuzatadigan bo'lsak, kliplaringiz g'oyasi original. Bu sohada kimlar bilan hamkorlik qilasiz?

— Ko'pincha ko'shiqlarimga klip ishlashda o'z g'oyalarimni amalga oshiraman. Lekin rejissyor ko'magisiz buning uddasidan chiqib bo'lmaydi. Bir so'z bilan aytganda, rejissyor bilan maslahatlashgan holda klip suratga olaman.

— Ijod qilish davomida nimadan ruhlanasizq Sizni ruhlantirib turuvchi inson bormi?

— Yo'q, unday insonim yo'q! Men rep kuylashim uchun repning o'zidan kuch olaman. Ya'ni, yaxshi kuylangan rep yo'nalishidagi qo'shiq eshitsam, doim kuylagim keladi.

— Qanday odamlarga o'xshagingiz keladi va aksi?

— G'ar bir odam kimgadir havas qilib yashaydi. Shu o'rinda men ham kimgadir o'xshagim kelar. Ammo kimga buni o'zim ham aniq bilmayman. Ammo shuni aytishim mumkinki, bolaligimdan tarixda qolishni istaganman. Xayrli ishlarim bilan meni eslashlarini xohlayman.

— O'zingizni mashhur, deb bilasizmiq Balki, "yulduzlik kasalligi”ni ham boshdan o'tkazgandirsiz?

— Yo'q! Balki kimlardir meni mashhur xonanda, deb bilar, ammo yaqinlarimning yonida doim o'zligimcha saqlanib qolishni istayman. Yulduzlik kasalligiga uchramaganman, deb ham ishonch bilan ayta olaman. Bilasizmi, ba'zida o'zim uchun ham vaqt ajrata olmayman. Boshqalarni-ku, gapirmasam ham bo'ladi. Ishim ko'p, shu bois kimgadir bee'tiborlik qilgan bo'lsam, buni noto'g'ri tushunishlari mumkin. Iloji boricha hamma yaqinlarimga e'tiborli bo'lib, doim vaqt ajratishga uringanman.

— O'zingizga aytilgan qaysi tanqiddan jahlingiz chiqqan?

— G'ech qachon tanqidlardan jahlim chiqmagan. Chunki, bu o'z nomi bilan tanqid! Unda men o'z xatoimni ko'rishim mumkin. Aytilgan kamchiliklar haqiqat bo'lsa, uni doim to'g'irlashga harakat qilganman.

— Armonlaringiz bormi?

— Armonim yo'q. Hamma narsaga vaqti-vaqti bilan erishib kelyapman. Bugun nimanidir orzu qilsam, uni ertga amalga oshishini sezib turaman. Chunki, inson o'z orzusi amalga oshishi uchun o'zigina harakat qilishi kerak.

— Sevgi siz uchun…

— O'z nomi bilan aytib turibdi-ku sevgi bu — SEVGI! Bu haqida ortiqcha gapirmayman, erkak kishiga yarashmaydi. Sevgi, muhabbat haqidagi savollaringizni ana, ayolarga bering, to'lib-toshib istaganingizcha gapiradi (kuladi).

— Shaxsiy hayot-chi, qachon uylanasiz?

— Bunisi sir. Shaxsiy hayotim haqida gapirmasligimni o'zingiz yaxshi bilasiz-ku! Nasib qilgan kuni uylanaman. Oldindan to'y sanasini ommaga e'lon qilmasligim aniq. To'y haqida, to'y o'tgach gaplashamiz (samimiy kuladi).

— Kelajakda oilangizni qanday tasavvur qilasiz?

— Baxtli oiladek tasavvur qilaman.

— Farzandigizni san'atga olib kirarmidingiz?

— (Biroz o'ylanib). Bu haqida o'ylab ko'rmaganman. Farzandli bo'lishimgacha hali vaqt bor. Demak, o'ylab ko'rishim mumkin…

— Suhbatingiz uchun rahmat. Ijodingizga rivoj.

— Sizga ham berilgan savollar uchun tashakkur! Agar qaysidir savolingizga to'liq javob bermagan bo'lsam, uzr.

P\S: Suhbat davomida Shohrux har bir savolga to'liq to'xtalib o'tmagan bo'lsa-da, rejalashtirib qo'ygan ishlari bisyor ekanligini, uning samimiy gaplaridan bilib olish mumkin. Yangi ish, yangi qo'shiq va hamkorliklar xonandaga ancha mas'uliyat yuklashi aniq. U esa har qanday vaziyatda ham muxlislariga bo'lgan xurmat va mehrini yo'qotmaydi. Muxlislariga bo'lgan qalbidagi iliqlikni qo'shiqlari orqali yetkazishini tilab qolamiz!

Прикрепления: Картинка 1
Категория: Шоу бизнес | Просмотров: 6884 | Добавил: Filmla | Теги: Shoxrux Rep bilan intervyu | Рейтинг: 5.0/3

Дустлар билан улашинг



Всего комментариев: 0
avatar
  Filmla.ru   Главная   Регистрация   Вход  
block6
Форма входа
Логин:
Пароль:
block6

block7
Поиск

Яндекс поиск
block7

Наш баннер фильм
Uzbek kino filmla va boshqa kino filmla WWW.filmla.ru da onlayn va bepul



UZMEGAVIDEO.RU


UZMEGA.SITE


UZBNEWS.SITE


Посоветовать другу фильмы

Реклама

В кинематографе есть уникальное явление, вызывающее бурные эмоции у зрителей. Конечно, это Кино фильмы с их неповторимым колоритом. По замыслу режиссеров, все действие сопровождается музыкой, танцами, а актеры должны играть свои роли с детской непосредственностью. Возможно, именно эта искренность привлекает миллионы поклонников. Особенно популярны эти картины у отечественной публики, поэтому воспроизведение сюжетов на русском и Узбекском языке пользуется повышенным спросом. Теперь уже можно не довольствоваться редкими встречами с любимым видом искусства. Смотреть кино фильмы в любое время – это всеобщее желание посетителей онлайн кинотеатра. Долгие годы считалось, что перевод в них не обязателен. События понятны без слов благодаря другим средствам выразительности. Но времена меняются, и очень приятно видеть, как знакомые герои начинают говорить приятным мелодичным голосом на русском и узбекском языке. Прекрасные песни остаются в оригинальном исполнении, но голос за кадром не забывает кратко передать содержание текста. Лучшие кино фильмы убеждают зрителей в том, что все люди братья и сестры. Но не всё так безобидно, как кажется на первый взгляд. За весельем и массовыми танцами скрываются жуткие события: кровная месть, измены, убийства и сложные расследования. Отдельно стоит сказать про выбор актёров и декорации. Именно они играют немалую роль в успехе онлайн проектов по всему миру, даже если сюжеты просты и узнаваемы. Красочность заставляла смотреть картины, даже когда они не были снабжены качественной озвучкой. Сейчас можно вдоволь насладиться не только музыкальным сопровождением, но и понять все тонкости отношений героев. Это стало возможным благодаря тому, что кино фильмы на русском и узбекском языке всегда можно найти в специальной подборке для поклонников этого направления кинематографа. Онлайн киноленты повествуют не только о любви. В них затрагиваются социальные проблемы, например, непреодолимая пропасть между людьми из разных каст или огромная разница между богатством и жизнью в бедных кварталах.


Добро пожаловать на WwW.FiLmLa.Ru Приятного просмотра и спасибо что посетили сайт.

Copyright MyCorp © 2024